Tez internet sifatli routerdan boshlanadi - endi bo‘lib to‘lashga!
1-avgustdan boshlab Turon 365 ilovasi orqali Wi-Fi routerni 3 yoki 6 oyga qulay muddatli to‘lovga xarid qilishingiz mumkin. Endi butun summani bir yo‘la to‘lashingiz shart emas - ulanib, qismlab to‘lang!
Bu kimlar uchun mos? Hammaga! Taklif ham abonentlarimizga, ham yangi mijozlarimizga taqdim etiladi.
Nima uchun bu qulay: Birinchi to‘lov - darhol, qolgani oyma-oy
Yetkazib berish kerakmi? Bor-yo‘g‘i 40 000 so‘m
Abonentlarimizga routerni sozlash bepul! O‘zingizga kerakli modelni tanlang, bir necha daqiqada bo‘lib to‘lashni rasmiylashtiring-da, uyingizda barqaror internetdan bahramand bo‘ling.