Sizga shuni ma'lum qilamizki, 2026-yil 14-apreldan 28-iyungacha Samarqand shahri, Qorasu massivi hududida optik aloqa tarmog'ini rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi. Modernizatsiya ishlari doirasida internet xizmati FTTx texnologiyasidan zamonaviy GPON texnologiyasiga o'tkaziladi. Bu tarmoq ishonchliligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda yanada barqaror va yuqori tezlikdagi internet ulanishini ta'minlash imkonini beradi. Ishlar olib borilishi davrida internet xizmatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin. Barcha ishlar abonentlarga noqulayliklarni imkon qadar kamaytirish maqsadida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Savollar yuzasidan Turon Telecom Kontakt markaziga 1132 qisqa raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so'raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ishlar olib borilish muddati: 14.04.2026 – 28.06.2026