Bosh sahifa
- Internet
- Turon Market 🔥
- TelevideniyaTariflarObunalar va kanallar paketlariQo'shimchaTV-kanallar
- Servislar
Tanangiz qanchalik sog‘lom?
Bilish uchun shunchaki taroziga turing.
Jismoniy sog‘liq tanadagi yog‘ foizi va mushak massasi bilan belgilanadi.
Xiaomi Body Composition Scale S400 tarozilari tana holati haqidagi ma’lumotlarni aniq o‘lchab, jismoniy holatingiz bo‘yicha batafsil tahlil taqdim etadi hamda semirish xavfiga olib keluvchi “yashirin omillar”ni aniqlashga yordam beradi. Bu Sizga tana shakli va sog‘lig‘ingizni ilmiy asosda boshqarish imkonini beradi.
Bioelektrik impedansni ikki chastotali o‘lchash
Aniqlikning yangi darajasi
Yuqori va past chastotali ikki turdagi o‘zgaruvchan toklar hujayra membranalaridan o‘tib, hujayra ichidagi va tashqarisidagi suyuqliklarning elektr impedansini aniq o‘lchaydi. Natijada tanadagi yog‘ miqdori, suv miqdori va mushak massasi kabi ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Tanadagi yog‘ miqdorini professional va aniq o‘lchash
DEXA tana tarkibini o‘lchashda sanoatning “oltin standarti” sifatida keng tan olingan. Korrelyatsiya koeffitsienti 1 ga qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘lchov natijalari shunchalik aniq bo‘ladi.
DEXA bilan solishtirganda, Xiaomi Body Composition Scale S400 tanadagi yog‘ foizi va yog‘ massasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ≥0,93* korrelyatsiya koeffitsientiga ega bo‘lib, yanada aniq va ishonchli ma’lumotlarni ta’minlaydi.
Sog‘lig‘ingizni to‘liq nazorat qiling
Bitta o‘lchov orqali tana tarkibiga oid 25 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tahliliy hisobot yaratiladi. Ular qatoriga yog‘ miqdori, mushak massasi, suv miqdori, oqsil va suyak to‘qimasining zichligi kiradi. Shuningdek, visseral yog‘ darajasi baholanadi va semirish bilan bog‘liq yashirin xavflar aniqlanadi. Sog‘lig‘ingiz holatini chuqur tahlil qilib, har qanday o‘zgarishlarni tez va oson aniqlashingiz mumkin.
Bitta tarozi — ko‘proq imkoniyat
Mi Home / Xiaomi Home ilovasi orqali rejimlarni tezda almashtiring:
Bola bilan tortish» yoki «Muvozanatni tekshirish»
«Mehmon vaznini o‘lchash» — mehmonlar mustaqil ravishda tortilishi mumkin
Texnik xususiyatlar:
O‘lchov birliklari: kg, funt
O‘lchov diapazoni: 0,1 kg dan 150 kg gacha
Minimal bo‘linma: 0,1 kg
Korpus materiali: mustahkamlangan shisha + muhandislik plastigi
Ishlash harorati: 0°C dan 40°C gacha
Qurilmaning sof vazni: 1,45 kg
Simsiz ulanish: Bluetooth® Low Energy (BLE) 5.0
Nominal kuchlanish: 4,5 V (AAA turidagi ishqoriy batareyalar ×3)
Operatsion tizim: Android 8.0 yoki iOS 12.0 va undan yuqori versiyalar

3 300 000 so'm
6 000 000 so'm
3 600 000 so'm
3 500 000 so'm
2 000 000 so'm
1 700 000 so'm
500 000 so'm