Sizga ma’lum qilamizki, 2026-yil 15-iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda sport musobaqalarini translyatsiya qilish bo‘yicha litsenziya talablariga muvofiq, xalqaro sport tadbirlarini namoyish etish tartibi o‘zgaradi.
Shu munosabat bilan ZO'R TV telekanali orqali efirga uzatiladigan sport kontentini tomosha qilish uchun “Premium” tarifini ulash zarur bo‘ladi.
“Premium” tarifi bo‘yicha abonent to‘lovi oyiga 30 000 so‘mni tashkil etadi.
Mazkur tarifni ulagan holda, siz ZO'R TV telekanalida taqdim etiladigan barcha sport translyatsiyalaridan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 1132 raqamidagi Call-markazga murojaat qilishingizni so‘raymiz.